Performance marketing — Samarqand
Reklama kampaniyalarini murojaatlar, qo‘ng‘iroqlar va sotuvlar kabi biznes ko‘rsatkichlari asosida boshqaramiz. Xarajatlar va natijalarni tahlil qilib, kampaniyalarni optimallashtiramiz.
Telegram orqali yozish Qo‘ng‘iroq qilish: +998 91 523 03 56“Reklama berdik, lekin qo‘ng‘iroq yo‘q” — tanish gapmi? Performance marketingda biz layk va ko‘rishlarni emas, cho‘ntakka tushadigan natijani sanaymiz: bitta lid necha pul turdi, nechta sotuv bo‘ldi, reklama o‘zini qopladimi.
Qaysi kanal ishlayapti — kuchaytiramiz, qaysi biri pul yeyapti — o‘chiramiz. 600 dan ortiq mijoz bilan ishlab, qaysi sohaga qaysi yo‘l to‘g‘ri kelishini yaxshi bilamiz.
Nimalar qilamiz
- Biznesingiz, auditoriyangiz va raqobatchilaringizni tahlil qilamiz.
- Instagram, Facebook, Google va Telegram reklamasini sozlaymiz
- Mijozni “salom”dan “sotib oldim”gacha olib boradigan voronka
- Ulangan analitika vositalari orqali murojaatlar va qo‘ng‘iroqlar manbalarini kuzatamiz.
- Har hafta test qilamiz: yaxshisi qoladi, yomoni ketadi
- Oy oxirida tushunarli hisobot — raqamlar bilan
Qanday ishlaymiz
Avval maqsadni aniqlaymiz: lid, qo‘ng‘iroq yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv. Keyin kanallarni tanlaymiz va kichik byudjet bilan test boshlaymiz.
Har hafta raqamlarga qaraymiz: kuchli reklama qoladi, zaif reklama o‘chadi. Byudjet faqat ishlayotgan joyga ketadi.
SMM bilan birga — kuchliroq
Reklama sahifangizga mijoz olib keladi. Sahifa jonli va ishonchli bo‘lsa, mijoz yozadi. Shuning uchun ko‘p mijozlarimiz performance marketing’ni SMM bilan birga oladi.
Nega KH Agency
KH Agency — Samarqanddagi 35 dan ortiq mutaxassisni birlashtirgan marketing agentligi. Strategiya ham, kontent ham, dizayn, video va reklama ham — hammasi bir joyda. Har bir ish uchun alohida odam qidirib yurmaysiz: bitta jamoa, bitta javobgar, aniq natija.
Ko‘p beriladigan savollar
Performance marketing nima?
Bu reklama, unda natija lid, qo‘ng‘iroq va sotuv bilan o‘lchanadi, layk va ko‘rishlar bilan emas.
Qaysi kanallarda reklama qilasiz?
Instagram, Facebook, Telegram, Google Ads va Yandex Direct. Kanalni sizning mijozingiz qayerdaligiga qarab tanlaymiz.
Reklama byudjeti xizmat narxiga kiradimi?
Yo‘q. Byudjet alohida: u to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama platformasiga to‘lanadi. Hammasi oldindan kelishiladi.
Natija qachon ko‘rinadi?
Birinchi lidlar odatda test bosqichida keladi. Barqaror natija soha va byudjetga bog‘liq, odatda bir necha hafta va oy kerak.
Keling, gaplashib olamiz
Bepul konsultatsiyada biznesingiz maqsadlarini muhokama qilamiz va ularga mos marketing yechimlarini tavsiya etamiz.
Telegram orqali yozish Qo‘ng‘iroq qilish Ariza qoldirish